Sport

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda ilk xalqaro toifadagi golf klubi ochilishida qatnashdi (foto)

Davlat rahbarlari Sadir Japarov va xalqini yangi obyektning ochilishi bilan tabriklab, mamlakatning turizm salohiyatini rivojlantirishga

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda birinchi xalqaro toifadagi golf klubining ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)

Qirg‘izistonda ilk xalqaro toifadagi golf klubi o‘z faoliyatini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahriga tashrifi chog‘ida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari bilan birgalikda ushbu muhim sport inshootining tantanali ochilishida qatnashdi.

Yetakchilar mazkur hududda bunyod etilgan zamonaviy sport va turizm infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar. Ta’kidlanishicha, yangi majmua golf sportini keng ommalashtirishga hamda sport turizmini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Davlat rahbarlari qardosh Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni va butun xalqni ushbu yangi obyektning ochilishi bilan tabriklab, mamlakatning turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladilar.

shavkat mirziyoyevsportinfrastructuretourismcentral asiakyrgyzstangolfsadyr japarov