Sport

Shavkat Mirziyoyev «Kelajak o‘yinlari» xalqaro musobaqasi ochilishida ishtirok etdi

Birinchi «Kelajak o‘yinlari» 2024-yilda Qozon shahrida o‘tkazilgan. Uning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok

Shavkat Mirziyoyev "Kelajak o‘yinlari" xalqaro musobaqasining ochilish marosimida qatnashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan "Kelajak o‘yinlari" uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

"Baris Arena" muz saroyida tashkil etilgan ushbu tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon hamda boshqa xorijiy mehmonlar ham ishtirok etishdi.

Marosim qatnashchilariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin videomurojaat yo‘lladi.

Tadbirning tantanali qismida fijital sportning mohiyati, ya’ni raqamli bellashuvlarni an’anaviy sport turlari va jismoniy faollik bilan birlashtiruvchi yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Musobaqaning asosiy g‘oyasi yoshlarni an’anaviy sport bilan shug‘ullanishga undashdan iborat.

Davlatimiz rahbari xalqaro turnir ishtirokchilarini tabrikladi.

Bugun sport va texnologiyalar vazirlari, diplomatik missiyalar rahbarlari va boshqa yuqori martabali vakillar ishtirokida fijital sport bo‘yicha sammit ham o‘tkazildi.

Birinchi "Kelajak o‘yinlari" 2024-yilda Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Uning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan. Ikkinchi turnir esa 2025-yilda Abu-Dabi shahrida tashkil etilgan.

Bu galgi musobaqalarda O‘zbekiston vakillari fijital futbol, lazertag va raqs yo‘nalishlari bo‘yicha bellashadilar.

uzbekistanshavkat mirziyoyevkazakhstanvladimir putinkelajak o'yinlariinternational competitionphygital sports