San’at Jumaniyozov Yangiyo‘l tumani hokimi etib tayinlandi
Yangiyo‘l tumaniga hokim tayinlandi. Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yakunlandi. Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tanqidiy-tahliliy ma’ruza qildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Ataullayev Odiljon Qosimovich egallab turgan lavozimidan ozod...

San’at Jumaniyozov Yangiyo‘l tumani hokimi etib tayinlandi
Yangiyo‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi. Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi haqida tanqidiy-tahliliy ma’ruza qildi. Sessiyada tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Ataullayev Odiljon Qosimovich o‘z lavozimidan ozod etildi.
Zoyir Mirzayev Yangiyo‘l tumani hokimi lavozimiga shu paytgacha Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlayotgan San’at Shakirovich Jumaniyozov nomzodini taklif qildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan S. Jumaniyozov Yangiyo‘l tumani hokimi sifatida tasdiqlandi.
Avvalroq Bekobod shahrida hokim almashinuvi bo‘lib o‘tgan edi.
Audiosi tarqalgan Muzrabot tumani hokimi jazoga tortildi.
Nurafshon shahriga yangi hokim tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Qo‘shtepa masalasini Afg‘onistonga siyosiy bosim o‘tkazish orqali hal etib bo‘lmaydi – sobiq elchi.
Instagram profilingiz ochiqmi? Meta sizning rasmlaringizdan foydalanyapti!
Avtomobil sanoatida «aqlli» ekranlar davri tugayaptimi?
Manba: Mirziyoyev Qatardagi ta’ziya marosimida ishtirok etishi mumkin.
Ikki kichik sayyora – asteroidlarga o‘zbekistonlik olimlar nomi berildi.
Fransiyada ko‘pchilik qo‘rqqan hodisa ro‘y berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova lavozimini tark etgan – manba.
Eron qaysi davlat rahbarlaridan qasos olmoqchi ekani ochiqlandi.
Eron besh davlatdagi AQSh bazalariga hujum qildi: tafsilotlar.
Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Baxtiyor Sheraliyev biolog-ixtiolog / genetik.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 2017 yilning 27 dekabrida elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 156697. Muassis: «Xabar» gazetasi tahririyati. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy 30. Mas’ul muharrir Abdug‘ani Abdurahmonov. Elektron manzil: [email protected]. Materiallarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda «Foydalanish shartlari»ga amal qilinishi shart. Barcha huquqlar O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi hamda mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda himoyalangan.
Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER bosish orqali bizga xabar bering.
Eski brauzerlar uchun saytning yengil talqini. Ishlab chiquvchi ActiveMedia Solutions.

