Mahalliy

Bolalarning ommaviy zaharlanishi bo‘yicha sud hukmi va pulli avtoturargoh uchun haq to‘lamaganlarga jarima - mahalliy dayjest.

Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi. Anomal issiqda ba’zi bog‘chalar faoliyati to‘xtatildi, yuk mashinalar harakati cheklandi. O‘zbekiston bo‘ylab qabul test sinovlari boshlandi. Pulli avtoturargoh uchun haq to‘lamaganlarga jarima qo‘llanishi mumkin. Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz..

Bolalarning ommaviy zaharlanishi bo‘yicha sud hukmi va pulli avtoturargoh uchun haq to‘lamaganlarga jarima - mahalliy yangiliklar.

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda sodir bo‘lgan ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi. Anomal issiq sharoitlar sababli ba’zi bog‘chalar faoliyati to‘xtatildi, yuk mashinalarining harakati cheklangan. O‘zbekiston bo‘ylab qabul test sinovlari boshlandi. Pulli avtoturargoh uchun haq to‘lamaganlarga jarima qo‘llanishi mumkin. Kunning muhim yangiliklari bilan tanishing.

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda sodir bo‘lgan ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi

2025 yil sentabr oyida Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda 2 mingga yaqin bolaning ommaviy zaharlanishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudi 11 nafar sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi bilan aybli deb topdi.

Sud hukmi bilan 3 kishi 3,5 yil muddatga, yana 3 kishi 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. 5 kishiga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, sudlanuvchilarga Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan muayyan huquqdan mahrum qilish belgilandi. Sudlanuvchilar hukm ustidan shikoyat berish yoki protest keltirish huquqiga ega.

Anomal issiqda ba’zi bog‘chalar faoliyati to‘xtatildi, yuk mashinalar harakati cheklandi

Bolalarni anomal issiqning salbiy ta’siridan himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatining ayrim tumanlarida bog‘chalar faoliyati to‘xtatildi. Avvalroq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham shunday choralar ko‘rilgan edi.

Surxondaryo viloyatida anomal issiq havo sharoiti sabab og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtinchalik cheklov joriy etiladi. Bu chora avtomobil yo‘llarining qoplamasini saqlash va ularning muddatidan oldin shikastlanishining oldini olish maqsadida qabul qilingan.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ anomal issiq tufayli poyezdlardagi muammolar haqida ogohlantirdi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori harorat tufayli ayrim yo‘lovchi vagonlaridagi sovitish tizimlari vaqtincha «kamroq samara» bilan ishlashi mumkin.

Anomal issiq ob-havo sharoiti 19 iyulgacha davom etishi kutilmoqda.

O‘zbekiston bo‘ylab qabul test sinovlari boshlandi

14 iyul kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida 2026–2027 o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari boshlandi. Imtihonlar 23 iyulga qadar ikki smenada o‘tkaziladi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, test sinovlari har kuni ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena soat 8:00 dan 11:00 gacha, ikkinchi smena esa 15:00 dan 18:00 gacha davom etadi.

Test jarayonlari to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkaziladi va onlayn tarzda namoyish etiladi. Abituriyentlar va ularning yaqinlari imtihonlarni maxsus onlayn platforma orqali kuzatishi mumkin.

Pulli avtoturargoh uchun haq to‘lamaganlarga jarima qo‘llanishi mumkin

O‘zbekistonda yo‘lbo‘yi to‘xtash joylaridan foydalanganlik uchun haq to‘lamaslik yoki to‘lovdan bo‘yin tovlash

toshkent viloyatiommaviy zaharlanishqabul test sinovlariavtoturargoh jarimasianomal issiqo‘zbekistonsud hukmima’muriy javobgarlik