Mahalliy

Samarqandda harakatlanayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqib, u beton to‘siqqa urildi. Haydovchi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida harakatlanayotgan MAN yuk avtomobili kabinasida yong‘in chiqdi. Haydovchi transport vositasini to‘xtatishga uringan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urildi va mashina ag‘darildi. Oqibatda haydovchi voqea joyida vafot etdi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda yuk mashinasi yonib ketishi va beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi.

Samarqand viloyati Nurobod tumanida MAN rusumli yuk avtomobili ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi haydovchining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Hodisa 6-avgust kuni soat 16:00 atrofida Nurobod tumani Mehnatkash mahallasi hududidan o‘tuvchi A-378 avtomobil yo‘lining 35-kilometrida, Samarqand-Qashqadaryo yo‘nalishida yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, harakatlanayotgan MAN yuk avtomobilining kabinasida birdan yong‘in chiqqan. Haydovchi transport vositasini to‘xtatishga urinayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada yuk avtomobili yo‘lning chap tomonidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Nurobod tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yengil va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan edi.

samarqandinvestigationtruck firenurobod districtdriver deathfatal accidentroad safetytraffic accident