Rostdan ham ularmi? Turk kinosi yulduzlari karyerasi boshida qanday ko‘rinishda bo‘lgan?
Rostdan ham ularmi? Turk kinosi yulduzlari karyerasi boshida qanday ko‘rinishda bo‘lgan?
Hozirda ular birinchi darajali yulduzlar sifatida muxlislar va jurnalistlar tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda. Kinodagi faoliyatini boshlagan paytlarida esa ular san’at sohasida ilk qadamlarini qo‘yayotgan, hech kimga tanish bo‘lmagan debyutantlar edi. Keling, yillar davomida aktyorlar qanday o‘zgarishlarga uchraganini ko‘rib chiqamiz.
Xalit Ergench
“Muhtasham yuz yil” seriali orqali butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlarning e’tiborini qozongan mashhur aktyor Xalit Ergench aktyorlik faoliyatini to‘qsoninchi yillarda boshlagan. U o‘ziga xos uslubini: kalta soch turmagi va soqol-mo‘yini saqlab kelmoqda va hali ham rol uchun tashqi ko‘rinishini deyarli o‘zgartirmaydi. Ammo bundan o'ttiz yil oldin, Xalit aktyorlik faoliyatini endigina boshlaganida, u “Gulshenning akasi” komedik serialida bugungi kunda mutlaqo noodatiy qiyofada — soqoli olingan va uzun sochlar bilan ko‘rinish bergan.
Jan Yaman
Ochig‘ini aytganda, Jan Yamanning kelishgan yuz-tuzilishini hatto bolalikdagi suratlari ham buzmaydi. Ammo bugungi kunda ko‘pchilikning sevimlisi va kelishgan yigit timsoliga aylangan aktyorning yillar davomida qanday qilib yanada “salobatli va jiddiy” qiyofa kasb etganini kuzatish juda qiziq. Hozir u baquvvat gavdali, o'tkir nigohli va jiddiy yigit. Ammo oʻninchi yillarning oʻrtalarida, ayniqsa oʻzining debyut loyihasi boʻlmish “Qalb ishlari” serialida u juda sodda va yoqimtoy yigitcha boʻlgan.
Burak O‘zchivit
Kelishgan Burak Ozchivit allaqachon millionlab muxlisalar qalbini zabt etib ulgurgan. Ayniqsa, u bosh rollarni ijro etgan “Choliqushi”, “Sevgi iztirobi” kabi seriallar ekran yuzini koʻrgach, aktyorning jozibasi va iqtidoriga hatto eng ashaddiy shubha bilan qarovchilar ham tan berdi. Aslida u yoshligida ham juda kelishgan boʻlgan. Faqat oʻshanda hozirgiga qaraganda biroz ozgʻinroq boʻlgan, yuz-tuzilishi va xarizmasida esa bugungi salobat yetishmagan, xolos.
Akin Akinozyu
Faoliyatining boshlarida Akin Akinozyu “Beqaror” serialidagi qasoskor Miran yoki “Merosxoʻr”dagi salobatli Temurga emas, koʻproq Robert Pattinsonning turkcha nusxasiga oʻxshardi. Ammo yillar va orttirilgan tajriba oʻz soʻzini aytdi — ular Akinni bugungi kunda mashhur va talabgir aktyorga aylantirdi.
Meryem Uzerli
Butun dunyodagi millionlab muxlislar Meryem Uzerlini “Muhtasham yuz yil”dagi roli orqali tanishgan. U oʻz aktyorlik yoʻlini 2008-yilda suratga olingan “Uch kishi” filmidan boshlagan. Oʻshanda Meryem shirin ovozli, doʻmboqqina va juda sodda qizaloqni eslatardi. Keyinchalik esa unda onasidan oʻtgan nemischa qatʼiyat va matonat uygʻondi, bu esa Uzerliga oʻz ampluasini kengaytirib, bir-biridan tubdan farq qiluvchi rang-barang rollarni ijro etish imkonini berdi.
Demet O‘zdemir
Demet O‘zdemir aktyorlik faoliyatini 2013-yilda “Senga bir sir aytaman” debyut seriali bilan boshlagan. Uning filmografiyasidan butun dunyoga mashhur va Demetning oʻzi betakror qiyofada namoyon boʻlgan koʻplab seriallar (“Qulupnay hidi”, “Kurt Seit va Aleksandra”, “Eshref va Ro‘yo”) oʻ

