Mahalliy

Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralarining muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davrida qo‘shinlarning qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati ko‘rib chiqildi.

Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralarining muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston harbiy prokurori Q.Isroilov raisligida Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralarining muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi tashkil etildi.

Ushbu yig‘ilishda videokonferensaloqa orqali mudofaa vaziri Sh.Xolmuhammedov, favqulodda vaziyatlar vaziri A.Ikromov, milliy gvardiya qo‘mondoni B.Toshmatov, shuningdek, IIV Qorovul qo‘shinlari va DXX Chegara qo‘shinlari, Qurolli Kuchlar tizimidagi barcha harbiy okrug, qo‘shilma, harbiy qism, muassasa, doimiy nazorat-tekshiruv idoralari hamda harbiy huquqni muhofaza qiluvchi organlarning birinchi rahbarlari ishtirok etishdi.

Muloqot davomida joriy yilning o‘tgan davrida qo‘shinlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyat atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni tomonidan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirilgan tadbirlar natijalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sohalarni raqamlashtirish ishlari, kiberxavfsizlikni ta’minlash, harbiy xizmatchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning oila a’zolarining bandligini va ijtimoiy himoyasini ta’minlash, salomatligini saqlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda bu yo‘nalishlarda hamkorlikdagi tadbirlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

huquqbuzarlikmudofaakiberxavfsizlikqurolli kuchlarvatanparvarlikkorrupsiyaharbiy xizmatchilarijtimoiy himoya