Siyosat

Qo‘shtepa masalasini Afg‘onistonga siyosiy bosim o‘tkazish orqali hal etib bo‘lmaydi – sobiq elchi

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi sobiq elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov Qo‘shtepa kanali qurilishini faqat xavf sifatida baholash noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, Amudaryo suvidan foydalanish masalasi siyosiy bosim bilan emas, Afg‘oniston ishtirokidagi ochiq muzokaralar orqali hal qilinishi kerak. Abror Fatxullayevning podkastida O‘zbekistonning Afg‘onistondagi sobiq elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov bilan...

Qo‘shtepa masalasini Afg‘onistonga siyosiy bosim o‘tkazish orqali hal etib bo‘lmaydi – sobiq elchi

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi sobiq elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov Qo‘shtepa kanali qurilishini faqat xavf sifatida ko‘rish noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi. U, Amudaryo suvidan foydalanish masalasi siyosiy bosim orqali emas, balki Afg‘oniston ishtirokidagi ochiq muzokaralar orqali hal qilinishi lozim, deb hisoblaydi.

Abror Fatxullayevning podkastida O‘zbekistonning Afg‘onistondagi sobiq elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov bilan Qo‘shtepa kanali qurilishi va uning Markaziy Osiyo davlatlariga ta’siri haqida suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida sobiq elchi Afg‘onistonning Amudaryo suvidan foydalanish huquqi, kanal qurilishining O‘zbekiston va Turkmaniston uchun ehtimoliy oqibatlari hamda suv masalasini hal etish yo‘llari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Diplomatning ta’kidlashicha, Qo‘shtepa kanali bilan bog‘liq vaziyatni baholashda Afg‘onistonning manfaatlarini ham inobatga olish zarur.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amudaryo suvini taqsimlash tizimi asosan Sovet Ittifoqi davrida shakllangan. O‘sha davrda suv resurslari sobiq ittifoq respublikalari o‘rtasida taqsimlangan, Afg‘oniston esa bu tizimdan tashqarida qolgan.

Shu sababli, mamlakatning suvdan foydalanish ehtiyojlari va huquqlari avvalgi hisob-kitoblarda yetarlicha inobatga olinmagan.

Sobiq elchi Afg‘onistonga Amudaryo suvidan foydalanishni butunlay taqiqlab bo‘lmasligini ta’kidladi. Biroq, daryo suvining qancha qismi olinishi va bu jarayon qanday nazorat qilinishi mintaqadagi barcha davlatlar uchun muhim ahamiyatga ega.

Qo‘shtepa kanali orqali Afg‘oniston shimolidagi katta hududlarni sug‘orish, yangi qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zlashtirish va aholini ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Bu loyiha Afg‘oniston uchun iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega. Mamlakat qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishni maqsad qilgan.

Biroq, Amudaryodan katta miqdorda suv olinishi daryoning quyi qismida joylashgan O‘zbekiston va Turkmanistonga yetib keladigan suv hajmini kamaytirishi mumkin.

Bu, birinchi navbatda, sug‘oriladigan yerlar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va aholining suv ta’minotiga ta’sir qilishi ehtimoldan xoli emas.

Ayniqsa, mintaqada iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi muammosi kuchayib borayotgan bir paytda Qo‘shtepa kanalining ishga tushishi qo‘shimcha xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.

Yodgorxo‘ja Shodmonov kanalning qanday qurilayotgani ham muhim masala ekanini ta’kidladi.

Agar kanalning tagi va yon devorlari tegishli darajada mustahkamlanmasa, suvning katta qismi yerga singib ketishi mumkin. Natijada Amudaryodan olingan suvning hammasi ham ekin maydonlariga yetib bormaydi.

Bunday holat suv resurslarining samarasiz sarflanishiga olib keladi. Bu esa nafaqat O‘zbekiston va Turkmaniston, balki Afg‘onistonning o‘zi uchun ham zararli.

Shuning uchun sobiq elchi Afg‘onistonga kanalni texnik jihatdan to‘g‘ri qurish, suv yo‘qotilishini kamaytirish va zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etishda yordam berish mumkinligini bildirdi.

Suhbatda qayd etilishicha, bugungi kunda Afg‘oniston bilan Am

ekologik xavfsizlikqishloq xo‘jaligiafg‘onistonmarkaziy osiyoqo‘shtepa kanalisuv resurslarisiyosiy bosimmuzokaralar