O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolari uchun vizasiz safar qilish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan «Dolzarb viza» oyligini boshladi. Tashabbus doirasida xorijiy davlatlar bilan vizasiz rejim, elektron vizalar va soddalashtirilgan viza tartiblari bo‘yicha muzokaralar faollashtiriladi..

O‘zbekistonliklar uchun vizasiz safar qilish imkoniyatlari ko‘payishi kutilmoqda. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolari uchun vizasiz sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan «Dolzarb viza» oyligini boshladi. Ushbu tashabbus doirasida xorijiy davlatlar bilan vizasiz rejim, elektron vizalar va soddalashtirilgan viza jarayonlari bo‘yicha muzokaralar faollashtiriladi.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilganidek, mazkur oylik O‘zbekiston prezidentining «O‘zbekiston–2030» strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Ushbu oylik davomida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari mamlakat fuqarolari uchun vizasiz safar qilish imkoniyatlarini kengaytirish, viza rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish va zamonaviy, qulay viza mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarni yanada faol olib boradi.

Vazirlikning ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy e’tibor O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish, elektron vizalar, soddalashtirilgan viza jarayonlari va boshqa yengillashtirilgan mexanizmlarni kengaytirishga qaratiladi.

Shuningdek, mazkur tashabbus o‘zbekistonliklarning xalqaro harakatlanish imkoniyatlarini yanada oshirish, xorijga safar qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va mamlakatning ochiq va faol tashqi siyosatini izchil amalga oshirishga xizmat qiladi.

vizasiz safartashqi ishlar vazirligielektron vizalarsoddalashtirilgan vizaxalqaro harakatlanishtashqi siyosato‘zbekistondiplomatik muzokaralar