O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi.
2026 yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan xorijliklar soni 6,5 million nafardan oshdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 25 foizga ko‘p bo‘lib, mamlakatga kelayotgan sayyohlar oqimi barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatadi..

O‘zbekistonni ziyorat qilayotgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi. 2026 yilning birinchi olti oyida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan xorijliklar soni 6,5 milliondan oshdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 25 foizga ko‘p bo‘lib, mamlakatga kelayotgan sayyohlar oqimining barqaror o‘sishini ko‘rsatadi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida jami 6 million 565 ming 410 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 1 million 300 ming nafarga yoki 24,9 foizga oshgan.
Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonga eng ko‘p turist quyidagi davlatlardan kelgan:
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan turistlarning asosiy qismini qo‘shni davlatlar fuqarolari tashkil etmoqda. Shuningdek, Xitoy, Turkiya, Hindiston va Germaniya kabi mamlakatlardan kelayotgan sayyohlar oqimi ham davom etmoqda.

