Mahalliy

O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari Chexiya va Slovakiyada ishlashi mumkin

Oylik maosh shifokorlar uchun 3 000 yevrodan, hamshiralar va tibbiyot og‘alari uchun 2 000 yevrodan

O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari Chexiya va Slovakiyada ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Migratsiya agentligi Slovakiyaning "Penta Hospitals International" kompaniyasi bilan hamkorlikda Chexiya va Slovakiyada faoliyat yuritish istagida bo‘lgan tibbiyot mutaxassislarini ro‘yxatga olish jarayonini boshladi.

Ushbu loyihada ishtirok etish uchun quyidagi talablar qo‘yiladi: rus tilida erkin muloqot qila olish, tibbiyot oliy ta’lim muassasasining hamshiralik yo‘nalishini so‘nggi ikki yil ichida tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alari, shuningdek, shifokorlar qatnashishi mumkin.

Saralashdan o‘tgan nomzodlar uchun Migratsiya agentligining "Intil" xalqaro markazida uch oylik tezlashtirilgan chex yoki slovak tili kurslari tashkil etiladi. Darslarga Chexiya va Slovakiyadan malakali o‘qituvchilar jalb qilinadi.

Bundan tashqari, nomzodlarga viza hujjatlarini rasmiylashtirishda Migratsiya agentligi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi. Turar joy va o‘qish xarajatlari ham agentlik tomonidan qoplanadi.

O‘quv jarayonlari 2026-yil sentabr oyidan boshlanadi. Viza rasmiylashtirish ishlari til kurslari bilan bir vaqtda olib boriladi.

Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, Chexiya yoki Slovakiyada ish boshlagan mutaxassislarning oylik maoshi:

uzbekistanmigrationmedical workerslanguage coursesjob placementczech republicemploymentslovakia