Mahalliy

O'zbekistondagi ijtimoiy muassasalar sog'lom ovqatlanish tizimini takomillashtirmoqda

Ijtimoiy himoya milliy agentligida Rossiyaning “Tarmoq ovqatlanish instituti” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

O‘zbekistondagi ijtimoiy muassasalar sog‘lom ovqatlanish tizimini takomillashtirish yo‘lida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —

Ijtimoiy himoya milliy agentligida Rossiyaning “Tarmoq ovqatlanish instituti” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida ijtimoiy himoya tizimi tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishning hozirgi holati, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, sohani normativ-uslubiy jihatdan rivojlantirish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda ilg‘or xalqaro tajribani keng tatbiq etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida O‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjat quyidagi asosiy yo‘nalishlarda birgalikda ish olib borish uchun huquqiy asos yaratadi:

Ushbu hamkorlik Agentlik tizimidagi muassasalarda yashovchi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ovqatlantirish sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

food qualityuzbekistancooperationrussiamemorandumsocial protectionhealthy nutritionsocial institutions