Texnologiya

O‘zbekistonda dronlarga qarshi qurilma ishlab chiqildi

Dron soatiga 450 kmgacha tezlikda harakatlana oladi va 8–10 km masofadagi xavfli dronlarni zararsizlantirishga mo‘ljallangan.

O‘zbekistonda uchuvchisiz uchar qurilmalarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan yangi qurilma yaratildi.

"Kelajak muhandislari" tanlovi doirasida Bilolxon Ismoilov va uning jamoasi tomonidan taqdim etilgan ushbu qurilma havo hududining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, u xavfli dronlarni tutib olish imkoniyatiga ega.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu dron soatiga 450 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi va 8-10 kilometr masofadagi xavfli uchuvchisiz qurilmalarni zararsizlantirishga qodir.

An’anaviy havo mudofaasi (PVO) raketalarining narxi 2-5 million dollarni tashkil etsa, "Shunqor-88" deb nomlangan ushbu dronni ishlab chiqarish narxi 20 000 dan 50 000 dollargacha baholanmoqda.

air defensebilolxon ismoilovinnovationuzbekistandrone technologyanti-drone device"shunqor-88"cost-effective defense