Mahalliy

O‘zbekistonda banklardan 500 AQSh dollarigacha naqd valyutani hujjatsiz olish mumkin bo‘ldi

O‘zbekistonda 9-avgustdan banklardan 500 dollarigacha bo‘lgan naqd chet el valyutasini pasport, ID karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatlarsiz olish mumkin bo‘ldi. Avvalgi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 dollarini tashkil etardi.

O‘zbekistonda endilikda banklardan 500 AQSh dollarigacha naqd xorijiy valyutani shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz olish imkoniyati yaratildi. Bu haqda tegishli hujjat 9-avgustdan kuchga kirgan.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjatga muvofiq, endi banklarda 500 AQSh dollarigacha naqd chet el valyutasini sotib olishda pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.

Avvalroq, banklardan hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan chet el valyutasi miqdori 100 AQSh dollarini tashkil etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil davomida O‘zbekiston fuqarolari sotib olganlaridan ko‘ra ko‘proq valyuta sotganlar. Bu farq 9,7 mlrd dollargacha (+44,2%) o‘sib, bozorda qo‘shimcha valyuta manbaiga aylangan.

foreign currencyuzbekistanbanking regulationscash withdrawalfinancial policydollar limitidentificationcurrency exchange