Mahalliy

O‘zbekistonda 1 yilda 11 mingdan ortiq erkak o‘zidan katta yoshdagi ayolga uylandi

O‘zbekistonda bir yil ichida 11 mingdan ziyod erkak o‘zidan yoshi katta ayollar bilan oila qurdi.

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan 11 040 ta nikohda kelinning yoshi kuyovnikidan katta bo‘lgan. Bunday nikohlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilgan – bu yerda 1809 ta shunday holat qayd etilgan.

Boshqa hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:

* Xorazm viloyati – 1 066 ta;

* Qashqadaryo viloyati – 995 ta;

* Buxoro viloyati – 979 ta;

* Samarqand viloyati – 967 ta;

* Toshkent viloyati – 928 ta;

* Surxondaryo viloyati – 850 ta;

* Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 772 ta;

* Farg‘ona viloyati – 715 ta;

* Namangan viloyati – 509 ta;

* Andijon viloyati – 486 ta;

* Jizzax viloyati – 373 ta;

* Navoiy viloyati – 351 ta;

* Sirdaryo viloyati – 240 ta.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida jami 92,3 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lib, bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 3 mingga kamdir. Ajrimlar soni esa o‘tgan yilga nisbatan oshgan. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida 24 815 ta nikohdan ajralish holati kuzatilgan. Eng ko‘p ajrimlar Toshkent shahrida, eng kami esa Navoiy viloyatida qayd etilgan.

uzbekistanmarriagedivorceolder bridesstatisticssocial trendsregional datademographics