O‘zbekiston 2026 yil iyun oyida oltin eksport qilmadi
O‘zbekiston 2026 yil iyun oyida oltin eksport qilmadi. Yarim yillik oltin eksporti 1,504 mlrd dollarga tushib, 76,8 foizga kamaydi.

O‘zbekiston 2026-yil iyun oyida oltin eksportini amalga oshirmadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari guvohlik bermoqda.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylari davomida oltin eksporti hajmi 1,504 milliard dollarni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich yanvar-may oylari yakunlari bo‘yicha ham o‘zgarishsiz qolgan, bu esa iyun oyida oltin eksporti amalga oshirilmaganini anglatadi.
Taqqoslash uchun, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 6,492 milliard dollarlik oltin eksport qilgan edi. Demak, joriy yilda oltin eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 76,8 foizga kamaygan.
Oltinning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi ham sezilarli darajada pasaygan. 2025-yilning yanvar-iyun oylarida bu ko‘rsatkich 37,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yilning shu davrida 9,5 foizga tushgan.
Shu bilan birga, O‘zbekistonning 2026-yil yanvar-iyun oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 41 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,8 milliard dollarga yoki 7,4 foizga ko‘proqdir.

