Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida quvur yorilishi sodir bo‘ldi
Ma’lum qilinishicha, mis boyitish fabrikasining chiqindi saqlash omboriga ketadigan magistral quvurda yorilish yuz bergan.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida quvur yorilishi yuz berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tegishli quvur yorilib ketgani haqidagi xabarlar tarqalgach, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ ushbu holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
Bayonotga ko‘ra, voqea 5-avgust kuni soat 11:55 da sodir bo‘lgan. Mis boyitish fabrikasining chiqindi saqlash omboriga olib boruvchi magistral pulpoprovodda, ya’ni quvurda yorilish kuzatilgan.
Rasmiy munosabatda shunday deyiladi: "Kombinat mutaxassislari tomonidan zudlik bilan quvurni ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, holat bartaraf etildi. Ayni paytda yo‘llar tozalandi".

