Oddiy vosita yordam beradi: Muzlatkichdagi noxush hiddan qanday qutulish mumkin?

Muzlatkichdagi yoqimsiz hidni oddiy vosita yordamida bartaraf etish mumkin. Superzena nashri bu muammoni iste’mol sodasi bilan hal qilishni tavsiya qiladi.
Muzlatkichda baliq, go‘sht, sabzavot va muzqaymoq kabi turli mahsulotlar saqlanadi. Vaqt o‘tishi bilan ularning hidlari aralashib, yoqimsiz hid paydo bo‘lishi mumkin.
**Nima uchun muzlatkichda yoqimsiz hid paydo bo‘ladi?**
Ko‘pincha bunga mahsulotlar solingan paket yoki idishlarning mahkam yopilmagani sabab bo‘ladi. Ayniqsa, baliq, go‘sht, piyoz kabi o‘tkir hidli mahsulotlar o‘z hidini boshqa oziq-ovqatlarga ham o‘tkazadi. Namlik, oziq-ovqat qoldiqlari va eshikning tez-tez ochilishi esa bu muammoni yanada kuchaytiradi.
**Soda hidni qanday yo‘qotadi?**
Iste’mol sodasi hidlarni o‘ziga singdirish va neytrallash xususiyatiga ega. Buning uchun 50–100 gramm sodani kichik kosa yoki sayoz idishga solib, muzlatkich kamerasiga qo‘yish kifoya.
Soda to‘kilib ketmasligi uchun uni qopqog‘iga kichik teshiklar ochilgan bankachaga ham solish mumkin. Mutaxassislar sodani har 1–2 oyda almashtirib turishni tavsiya etadi, chunki vaqt o‘tishi bilan u hidni yutish xususiyatini yo‘qotadi.

