Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Samara viloyati biznes hamkorligini kengaytirmoqda

7 avgust kuni Samara shahrida «O‘zbekiston Respublikasi va Samara viloyati hamkorligini yana-da kengaytirish» mavzusida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston va Samara viloyati oʻrtasidagi biznes aloqalari kengaymoqda

Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) — 7-avgust kuni Samara shahrida "Oʻzbekiston Respublikasi va Samara viloyati hamkorligini yanada kengaytirish" mavzusida biznes-forum boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Odilxon Rustamov, Samara viloyati Savdo-sanoat palatasi raisi Valeriy Fomichev, shuningdek, davlat idoralari, biznes uyushmalari va avtomobilsozlik, mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati, qurilish, transport-logistika, AKT va turizm kabi sohalarda faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq korxona vakillari ishtirok etdi.

Forumda Oʻzbekiston va Samara viloyati oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va eksport hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Odilxon Rustamov oʻz nutqida 2025-yil yakunlariga koʻra Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmi 13 milliard AQSH dollariga yaqinlashganini, mamlakatimizda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 3 mingdan oshganini, shuningdek, respublikada 40 dan ortiq maxsus iqtisodiy zona faoliyat yuritayotganini taʼkidladi.

Forum doirasida Oʻzbekiston va Samara viloyati Savdo-sanoat palatalari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, Samara tadbirkorlari Oʻzbekistonning Afgʻoniston bozoriga yoʻnaltirilgan erkin iqtisodiy zona imkoniyatlaridan foydalanishga taklif etildi va sentabr oyida Samara ishbilarmonlar delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi yuzasidan kelishuvga erishildi.

B2B muzokaralari yakunlariga koʻra bir qator shartnoma va kelishuvlar imzolandi.

uzbekistansamara regioneconomic forummemorandum of cooperationbusiness cooperationtradeinvestmentb2b meetings