Oʻzbekiston va Hindiston gastronomik turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent shahrida Hindistonning O‘zbekistondagi Elchixonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi hamkorligida gastronomik turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston va Hindiston gastronomik turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda Hindistonning Oʻzbekistondagi Elchixonasi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi hamkorligida gastronomik turizmni rivojlantirishga bagʻishlangan festival tashkil etildi.
Ushbu tadbir turizm sohasi vakillari, restoran va mehmonxona biznesi mutaxassislari, sogʻlom ovqatlanish boʻyicha ekspertlar hamda zamonaviy gastronomiya yoʻnalishlarini rivojlantirishga qiziquvchi keng jamoatchilikni birlashtirdi.
Festival mahalliy mavsumiy mahsulotlardan tayyorlangan taomlar degustatsiyasi bilan yakunlandi. Ishtirokchilar Oʻzbekistonning boy va rang-barang qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hayvon mahsulotlaridan foydalanmasdan ham zamonaviy, muvozanatli va talabgir taomlar yaratish imkonini berishiga amalda ishonch hosil qildilar.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida turizm, gastronomiya hamda barqaror rivojlanish sohalaridagi samarali hamkorlikning yana bir yorqin namunasi boʻlib, tajriba almashish va mehmondoʻstlik sanoatiga ilgʻor xalqaro amaliyotlarni joriy etishga xizmat qildi.

