Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Argentina savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov hamda Argentinaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Enrike Ignasio Ferrera Viyeyra o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Oʻzbekiston va Argentina oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalar kengaytiriladi

Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov va Argentinaning Oʻzbekistondagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi Enrike Ignasio Ferrera Viyeyra oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv boshida Alisher Shayxov Elchini yangi lavozimi bilan tabriklab, Oʻzbekiston va Argentina oʻrtasidagi doʻstlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Muzokaralar davomida Oʻzbekiston va Argentina oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik, poyabzal ishlab chiqarish, farmatsevtika, elektrotexnika, zargarlik, kimyo sanoati, turizm, tibbiyot va taʼlim sohalarida hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yoʻnalishlari belgilandi.

Tomonlar ushbu tashabbusni amalga oshirish boʻyicha amaliy hamkorlikni davom ettirish, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish va qoʻshma loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

bilateral relationsuzbekistaneconomic cooperationtradebusinessinvestmentdiplomacyargentina