Nufuzli universitetlarni tamomlagan jahon kinoyulduzlari (foto)

**Nufuzli universitetlarni bitirgan jahon kino yulduzlari (foto)**
Ba’zilar yulduzlar faqat omad tufayli mashhurlikka erishgan deb o‘ylashadi, ammo quyidagi ma’lumotlar bu fikrni o‘zgartirishi aniq.
**Emma Uotson**
Foto: Instagram
“Garri Potter” filmining suratga olish ishlari davom etayotgan bir paytda, Germiona roli bilan tanilgan Emma AQSHning eng yaxshi universitetlaridan biri bo‘lgan Braun talabasi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Aktrisa darslarda muntazam qatnashib, kutubxonada o‘qib, namunali talabalardan biri bo‘lgan. 2014-yilda Emma san’at va adabiyot yo‘nalishida bakalavr darajasini oldi.
**Natali Portman**
Foto: AdMe
Natali o‘qish va aktrisalik faoliyatini bir vaqtda olib borgan san’at vakillaridan yana biridir. U Garvard universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan. Aktrisa o‘zining rollariga kirishishida olgan bilimlarining ahamiyati katta ekanligini bir necha bor ta’kidlagan. Uning ijrosidagi rollar, haqiqatan ham, professionalligi bilan ajralib turadi. Buni “Qora oqqush” filmidagi ijrosi va u uchun berilgan “Oskar” mukofotidan ham bilish mumkin.
**Bruk Shilds**
Foto: Instagram
Bruk o‘z karyerasining eng gullab-yashnagan davrida Prinston universitetiga qabul qilingan. U yerda model fransuz adabiyotini o‘rgangan. O‘qishga kirishib ketgan Shilds faoliyatida biroz tanaffus kuzatilgan bo‘lsa-da, bu uning karyerasiga to‘sqinlik qilmadi.
**Meril Strip**
Foto: Instagram
Merilning fikricha, avval universitetni tamomlash, keyin esa Gollivudni zabt etish kerak. Merilning o‘zi ham aynan shu formulaga amal qilgan: birinchi AQSH Yel universitetini tamomlab, keyin karyerasini boshlagan. Hozirda aktrisa san’at sohasida fan doktori hisoblanadi.
**Jeyms Franko**
Foto: Instagram
Jeyms nafaqat mahoratli aktyor, balki gumanitar fanlar bo‘yicha bir nechta diplom sohibi hamdir. U eng nufuzli – Kaliforniya, Kolumbiya va Nyu-York universitetlarini tamomlagan. Ayni vaqtda Franko talabalarga kino haqida ma’ruza o‘qiydi.

