Siyosat

Nogironlik pensiyasini tayinlashda qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda

Pensiyadan chegirma qilinganidan so‘ng fuqaroga to‘lanadigan pensiya miqdori eng kam iste’mol xarajatlari miqdoridan kam bo‘lmasligi belgilanmoqda.

Nogironlik pensiyasini tayinlashda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun Senatning 18-yalpi majlisida ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun bilan fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanganda nogironlik pensiyasini proaktiv tarzda tayinlash tartibi joriy etilmoqda. Shuningdek, agar pensiya tayinlanganidan so‘ng kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lsa, ushbu pensiya turini har ikki yilda bir marta fuqaroning murojaatisiz, proaktiv shaklda qayta hisoblab chiqish mexanizmi ham yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, pensiyadan chegirmalar amalga oshirilgandan keyin fuqaroga to‘lanadigan pensiya miqdori eng kam iste’mol xarajatlari miqdoridan kam bo‘lmasligi belgilandi.

Muhokamalar yakunida senatorlar mazkur Qonunni ma’qulladilar.

senatqonunchilikpensiyanogironlik pensiyasiijtimoiy ta'minotpensiya hisoblashish stajieng kam iste'mol xarajatlari