Nodavlat oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza qabul qilish muddati uzaytirildi
Davlat va nodavlat oliygohlaridan o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash transfer.edu.uz, xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish my.uzbmb.uz platformalari orqali amalga oshiriladi.

Nodavlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilish muddati uzaytirildi.
Endilikda respublikadagi nodavlat oliygohlarga talabalar o‘qishini ko‘chirish (boshqa sabablarga ko‘ra ham), shuningdek, bir nodavlat oliygohi doirasida o‘qishni ko‘chirish hamda o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi.
O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash jarayonlari quyidagi platformalar orqali amalga oshiriladi:
* Davlat va nodavlat oliygohlaridan o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash: transfer.edu.uz platformasi orqali.
* Xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish: my.uzbmb.uz platformasi orqali.
Shuni taʼkidlash joizki, 2026/2027 o‘quv yili uchun arizalar 2026-yil 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

