Mahalliy

Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun arizalar qabul qilish boshlandi

15-iyuldan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun onlayn arizalar qabuli boshlandi. Murojaatlar 5-avgustgacha qabul qilinadi. Xorijiy va nodavlat OTMlardan ko‘chirishda milliy sertifikatlar avtomatik tekshiriladi, xalqaro sertifikatlar esa elektron shaklda yuklanadi.

Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi. 15-iyuldan 2026/2027 o‘quv yili uchun talabalarning o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish va tiklash bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Arizalar 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Respublikadagi bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga yoki bir OTM doirasida o‘qishni ko‘chirish, shuningdek, o‘qishni tiklash bo‘yicha arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish uchun esa my.uzbmb.uz platformasidan foydalanish mumkin.

Vazirlikning ma’lumotlariga ko‘ra, yangi tartib asosida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda umumta’lim fanlari va chet tili bo‘yicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik ravishda aniqlanadi.

Xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron shaklda yuklanishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-sonli qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishda chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Prezidentning 2022-yildagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga talabalar o‘qishini ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

Shuningdek, 10-iyuldan oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish bo‘yicha onlayn arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi. Hujjatlar 10-avgustgacha my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi. O‘qish to‘liq to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi.

Sahifada xato topdingizmi? Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Saytdagi xabarlardan foydalanish uchun «Gazeta»ning yozma roziligi olinishi shart.

Elektron OAV guvohnomasi: №209073. Berilgan sanasi: 2024-yil 19-yanvar.

Muassis: «Gazeta News» MChJ.

Bosh muharrir: Umarov Davlat Sulaymonovich.

Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26A.

Elektron manzil: [email protected].

Rahmat. Sizning xatingizni oldik va yaqin vaqt ichida kamchilikni to‘g‘irlaymiz.

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting.

oʻqishni koʻchirishdavlat oliy ta’limarizalarxorijiy otmbakalavriatsertifikatlaronlayn arizalar/2027 o‘quv yili