Mahalliy

NKMK o'zining ISO 37301 xalqaro standartiga muvofiqligini tasdiqladi

“NKMK” AJ  faoliyati navbatdagi ISO 37301:2021 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi muvoffaqiyatli auditdan o‘tkazildi. Ushbu audit natijasi bo‘yicha mazkur xalqaro sertifikatni topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

NKMK ISO 37301 xalqaro standartiga mosligini tasdiqladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “NKMK” AJ o‘z faoliyatining ISO 37301:2021 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi navbatdagi auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ushbu audit yakunlari bo‘yicha xalqaro sertifikatni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

ISO 37301:2021 “Komplayens-menejment tizimi” xalqaro standarti tashkilotning tegishli qonunlar, qoidalar, standartlar, shuningdek, boshqaruv standartlari, ilg‘or amaliyotlar, axloqiy me’yorlar va jamoatchilik kutishlariga rioya etishini tasdiqlovchi samarali va keng tarqalgan boshqaruv tizimidir.

Tadbirda ushbu standartni joriy etishda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining metodologik yordami alohida e’tirof etildi.

nkmkuzbekistanisocompliance management systemmining and geology ministryauditanti-corruption agencycertification