Netanyahu va Zelenskiy Vashingtonda: munosabatlar qay tomon o‘zgardi?
Isroil bosh vaziri va AQSh prezidenti Eron bilan urush boshlanganidan beri ilk marta yuzma-yuz ko‘rishdi. Netanyahu urushni davom ettirishga ko‘ndirish orqali, oktyabrdagi saylovda hokimiyatini saqlab qolishga umid qilmoqda. Zelenskiy esa Trampni Rossiya bilan urushda Kiyevning ustunligiga ishontirgan holda, Patriot raketalarini ishlab chiqarish uchun ruxsat oldi. Rossiyaga qarshi AQShning yangi sanksiyalari bo‘yicha ham siljish bor.

Netanyahu va Zelenskiy Vashingtonda: munosabatlar qanday o‘zgardi?
Isroil bosh vaziri va AQSh prezidenti Eron bilan urush boshlanganidan beri birinchi marta yuzma-yuz uchrashishdi. Netanyahu oktyabr oyidagi saylovlarda hokimiyatini saqlab qolish umidida urushni davom ettirishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. Zelenskiy esa Trampni Rossiya bilan urushda Kiyevning ustunligiga ishontirgan holda, Patriot raketalarini ishlab chiqarish uchun ruxsat oldi. Rossiyaga qarshi AQShning yangi sanksiyalari bo‘yicha ham sezilarli siljishlar mavjud.
28-iyul kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Vashingtonga tashrif buyurishdi. Ertasi kuni ular AQShning taniqli senatori, marhum Lindsi Grem bilan vidolashuv marosimida ishtirok etishdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Netanyahu so‘nggi besh oy ichida birinchi marta Tramp bilan yuzma-yuz uchrashmoqda. AQSh va Isroil shu yilning 28-fevralida birgalikda Eronga hujum qilishgan edi. Tramp va Netanyahu ushbu hujumdan bir necha kun oldin uchrashishgan. Oradan besh oy o‘tib, ularning munosabatlari butunlay o‘zgardi.
Dastlab Tramp Netanyahuga to‘liq ishonardi va shu ishonch asosida Eronga hujum uyushtirdi. Biroq Tramp Eron borasida hech qanday maqsadiga erisha olmadi. Aksincha, endi Eron Hormuz bo‘g‘ozini nazoratiga olmoqda. Neft narxi oshib ketdi. Trampning Eronga qarshi harakatlari har tomondan "fiasko"ga uchradi.
Tabiiyki, Eronga hujumning asosiy mafkurachisi – bir necha o‘n yillardirki, Netanyahu va Isroil davlati hisoblanadi. Endi Tramp "Eron qopqoni"dan qanday chiqishni bilmaydi va shu sabab Netanyahuni yomon ko‘rib qoldi.
AQSh – Isroilning dunyodagi eng asosiy, balki yagona chinakam homiysi, himoyachisi, ittifoqchisi. AQShsiz Isroil uzoq yashay olmasligini hamma biladi. Garchi vaqti-vaqti bilan Isroil liderlari "biz mustaqil davlatmiz, AQShning maslahatlariga muhtoj emasmiz" deya jizzakilik qilishsa-da, aslida AQShsiz Isroil himoyasiz davlatga aylanib qolishini rasmiy Tel-Aviv yaxshi tushunadi. Shuning uchun Netanyahu oldida Trampni avrash, unga yaxshi ko‘rinish, uni manipulyatsiya qilishdan boshqa chora yo‘q. Va Netanyahu bu borada bor mahoratini, sabrini va imkoniyatlarini ishga soladi.
Xabarlarga ko‘ra, Tramp bu safar ham Netanyahu bilan ko‘rishishga unchalik ro‘yxushlik bermagan. Netanyahu va uning lobbisi bir necha kun mobaynida Trampdan qabul qilishlarini iltimos qilgan. Bu uchrashuv ikki lider uchun ham "zarurat" deya talqin qilingan.
Tramp oldida ham, Netanyahu oldida ham muhim saylovlar turibdi. Noyabr oyida AQShda oraliq saylovlar. Oktyabr oyida esa Isroilda parlament saylovlari. Eronga qarshi urush borasida esa mana shu ikki saylov qarama-qarshi talqin qilinadi. Ya’ni, Tramp uchun qandaydir "mo‘jiza" kerakki, "mana, Eron ustidan g‘alaba qozondik" yoki "Eronni shartlarimizga ko‘ndirdik!" deya olsa. Biroq Eron Trampning shartlariga ko‘nish niyatida emas. Netanyahu uchun esa, Eronga qarshi keng ko‘lamli urush bo‘lsa, shuning o‘zi yetadi. Chunki Isroil aholisi Eronga qarshi urushni ijobiy qabul qilishi va "Likud" partiyasiga ovoz berishi mumkin.
Oradan besh oy o‘tib, Tramp amerikaliklarga Eron urushini "sota olmaydi". Benzin narxi oshib bormoqda, amerikaliklar Isroil uchun yangi urushga tortilishganidan norozi. Tramp esa, Eron muammosining asosiy sababchisi sifatida, Netanyahuni biladi.
Tramp va Netanyahu Oq uyda bir yarim soatcha gaplashishgan. Biroq, odatdagidan farqli o‘laroq, yig‘ilishning boshlang‘ich qismiga jurnalistlar kiritilmagan. Hatto Netanyahu AQShga xavfsizlik choralarini maksimal kuchaytirgan holatda uchib borgan.
Netanyahu Trampni manipulyatsiya qilib, Eronga qarshi urushni boshlab oldi. Biroq Trampning uzoq muddatli urush rejasi yo‘qligi sabab, Netanyahu na Eron borasida maqsadiga erisha oldi, va hatto, endi o‘zining eng asosiy ittifoqchisi hisoblanmish Tramp bilan ham munosabatlariga zarar yetkazdi. Isroil AQSh liderlarini o‘ziga bo‘ysundirish, manipulyatsiya qilish niyatidan voz kechmaydi. Demak, rasmiy Tel-Aviv Vashingtondagi keyingi liderlarni kuzatish, manipulyatsiya qilish rejasi ustida ishlaydi.

