Mahalliy

Navbahor tumanida 70 nafar ishsiz ayol doimiy ish bilan ta’minlanadigan bo‘ldi

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Markaziy bankning Navoiy viloyati bosh boshqarmasi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Navbahor tumanida 70 nafar ishsiz ayolga doimiy ish berilishi rejalashtirilmoqda.

Jumladan, Navbahor tumanidagi “Paradice Garden” MChJning uzumni qayta ishlash va sharbat ishlab chiqarish loyihasiga 1,1 million AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha kredit ajratilishi natijasida 70 nafar ishsiz ayol doimiy ish bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, “Yashil Orol by Grand” MChJ tomonidan qurilayotgan, umumiy qiymati 10 milliard so‘m (shundan 5 milliard so‘mi bank krediti) bo‘lgan sohilbo‘yi ekoturizm maskani loyihasi ko‘rib chiqildi. Sentyabr oyida ishga tushishi kutilayotgan ushbu maskanda 40 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Polietilen quvurlar ishlab chiqaruvchi “Jahon savdo plast” MChJga esa 160 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratilib, 15 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi. Shuningdek, korxonaning oylik elektr energiyasi xarajati qariyb 45 million so‘mni tashkil etishi hisobga olinib, 300 million so‘mlik kredit evaziga 100 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilishi belgilandi. Bu oyiga 30 million so‘m tejash imkonini beradi.

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Navoiy shahridagi “Turon” mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarning taklif va muammolari tinglandi. Shu bilan birga, “Loyihalar ofisi”ga murojaat qilgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazilib, mutaxassislar ko‘magi hamda sun’iy intellekt imkoniyatlari orqali ularning g‘oyalari tayyor biznes-loyihalarga aylantirildi.

renewable energytourismartificial intelligenceloansyouth issuesemploymentbusiness projectseconomic development