Namanganda xalqaro payvandlash maktabi ochiladi
Migratsiya agentligi hamda Slovakiyaning nufuzli Welding Research Institute (VÚZ) instituti o‘rtasida amaliy hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Namanganda xalqaro payvandlash maktabi tashkil etiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —
Migratsiya agentligi va Slovakiyaning nufuzli Welding Research Institute (VÚZ) instituti o‘rtasida samarali hamkorlik shartnomasi imzolandi.
VÚZ – 75 yillik tajribaga ega bo‘lgan, payvandlash sohasida Yevropa va xalqaro miqyosda tan olingan Slovakiyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot instituti hisoblanadi. U IIW va EWF tizimlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlash vakolatiga ega.
Ushbu kelishuvga muvofiq, Namangan shahrida zamonaviy xalqaro payvandlash maktabi ochiladi.
Maktabda:
Slovakiya va Yevropa davlatlaridan malakali mutaxassislar jalb qilingan holda, xalqaro standartlar asosida payvandlash yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi;
bitiruvchilar IIW/EWF xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritib, rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi.

