MKBANK eskrou xizmatlarini kengaytirmoqda: notarial oldi-sotdi bitimlari yanada qulay va xavfsiz!
Raqamli xizmatlarni rivojlantirish doirasida joriy yilning iyun oyidan boshlab MKBANKning MAVRID mobil ilovasi orqali ham

MKBANK eskrou xizmatlarini kengaytirib, notarial oldi-sotdi bitimlarini yanada qulay va xavfsiz qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-dekabrdagi PF–246-sonli "Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida MKBANK aholiga eskrou xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirmoqda. Bank ushbu xizmatlarning qulayligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
Farmon ijrosini ta’minlash va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida bankning 35 ta bank xizmatlari ofisi va markazlariga yaqin joylashgan 57 ta notarial idorada MKBANKning tegishli hududiy bo‘linmalari, mas’ul xodimlari va ularning aloqa ma’lumotlari aks ettirilgan axborot materiallari joylashtirildi. Bu tashabbus fuqarolarning eskrou xizmatlaridan tezkor va qulay foydalanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Joriy yilning 1-aprelidan boshlab Toshkent shahrining Sergeli tumani va Buxoro shahridagi avtomobil bozorlarida avtomobil oldi-sotdi bitimlari ishtirokchilari uchun maxsus kassalar tashkil etildi. Ushbu kassalarda eskrou hisobvaraqlarini ochish, valyuta ayirboshlash va barcha turdagi naqd pul kassa operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Mazkur bo‘linmalar shanba va yakshanba kunlari ham uzluksiz ishlamoqda.
Raqamli xizmatlarni rivojlantirish doirasida joriy yilning iyun oyidan boshlab MKBANKning MAVRID mobil ilovasi orqali ham eskrou xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. Natijada mijozlar ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi bitimlarini masofadan turib xavfsiz va qulay tarzda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Hozirda mobil ilova orqali har oy o‘rtacha 200 dan ortiq bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilmoqda.
MAVRID ilovasidagi Eskrou xizmatining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
* Eskrou hisobvarag‘ini masofadan ochish va boshqarish;
* Xaridor mablag‘lari bank nazorati ostida to‘liq himoyalanishi;
* Sotuvchi uchun to‘lov kafolati;
* Ortiqcha hujjatbozlikning kamayishi.
Bugungi kunda MKBANKning 125 ta hududiy bo‘linmasi notarial idoralar bilan hamkorlikda eskrou xizmatlarini samarali tashkil etgan. Natijada joriy yilning 1-aprelidan hozirgi kungacha aholining 6 mingdan ortiq notarial oldi-sotdi bitimlari muvaffaqiyatli amalga oshirilib, ularning umumiy qiymati 129,1 milliard so‘mni tashkil etdi. Shundan 2 146 tasi ko‘chmas mulk, 3 841 tasi esa transport vositalari oldi-sotdi bitimlariga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, fuqarolar uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida bankning 32 ta bank xizmatlari ofisi va markazlariga yaqin joylashgan 44 ta notarial idora bilan hamkorlikda dam olish kunlari ham eskrou xizmatlari uzluksiz ko‘rsatib kelinmoqda.
MKBANK eskrou xizmatlari infratuzilmasini kengaytirish, zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish hamda notarial bitimlar bo‘yicha xavfsiz, shaffof va ishonchli hisob-kitoblarni ta’minlash borasidagi ishlarini izchil davom ettiradi.
P/s: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan hamkorlikda joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk va transport vositalarini notarial oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish jarayonida banklarda eskrou hisobvaraqlarini ochish, mablag‘larni qabul qilish hamda xaridordan sotuvchiga ishonchli o‘tkazishni ta’minlovchi yagona umumrespublika to‘lov va xizmat ko‘rsatish tizimi joriy etilgan.

