Siyosat

Migratsiya agentligi mas’ullari 1 mlrd so‘mdan oshiq pulni talon-toroj qilgan

Prokuratura departamentining Toshkent shahar boshqarmasi tezkor tadbir o‘tkazdi.

Migratsiya agentligi mansabdor shaxslari 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Migratsiya agentligida 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, agentlikning mas’ul xodimlari B.D. va N.A. ishlagan davrida amalda ishlamagan bo‘lishiga qaramay, ularga 931,6 million so‘m ish haqi to‘langan. Shuningdek, intizomiy jazo qo‘llanilgan va jazo amal qilgan davrda Mehnat kodeksi talablariga zid ravishda 8 nafar xodimga 88,5 million so‘m to‘lab berilgan. Bu harakatlar natijasida budjet mablag‘lari rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

uzbekistancorruptionembezzlementcriminal caseinvestigationmigration agencyfraudbudget funds