Metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan kundalik 6 odat

Metabolizmni tezlashtirishga yordam beruvchi 6 kundalik odat
Vazn yo‘qotish uchun organizmga kirgan kaloriyalardan ko‘proq energiya sarflash zarur, buning uchun esa metabolizm samarali ishlashi lozim.
**1. Jismoniy mashqlarni bajaring**
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uzoq vaqt o‘tirish chekishdan ham xavfliroqdir. Harakatsizlik metabolizmni yomonlashtirgani sababli, har 45 daqiqada jismoniy faol bo‘lishga harakat qiling. Qo‘llaringizni cho‘zing, o‘tirib turing yoki hech bo‘lmaganda boshqa xonaga kirib-chiqing.
**2. Shijoat bilan mashq qiling**
Moddalar almashinuvini yaxshilash uchun sport bilan shug‘ullanish muhim. "Uyqudagi" metabolizmni uyg‘otish uchun qisqa muddat bo‘lsa ham, g‘ayrat bilan mashq qilish kerak. Masalan, 1-2 daqiqa davomida imkon qadar tez sakrash tavsiya etiladi. Har tongda sport bilan shug‘ullanish ijobiy o‘zgarishlarni tezda sezishga yordam beradi.
**3. Taomnomangizda oqsil bo‘lsin**
Yaxshi natijalarga tezroq erishish uchun har bir taomda oqsil bo‘lishi shart. Nonushtaga tuxum, tushlikka tovuq go‘shti, kechki ovqatga tvorog va tamaddiga yong‘oq iste’mol qiling. Parhezshunoslar bu usul moddalar almashinuvini kamida 10 foizga yaxshilashini ta’kidlaydilar.
**4. Ko‘k choy iching**
Tarkibida kofein mavjudligi sababli, bu ichimlikni kunning birinchi yarmida ichish tavsiya etiladi. Nonushta yoki tushlik bilan iste’mol qilingan ko‘k choy moddalar almashinuvini 5-7 foizga tezlashtiradi.
**5. Qahva ichishni unutmang**
Diyetologlar ozishni istaganlarga kun davomida 2-3 finjon qahva ichishni maslahat beradi. Qahva tarkibidagi kofein yog‘larning tezroq erishiga yordam beradi.
**6. O‘z vaqtida nonushta qiling**
To‘g‘ri vaqtda ovqatlanish moddalar almashinuvini 15 foizga jadallashtiradi. Uyg‘ongandan yarim soat o‘tib qilingan nonushta to‘g‘ri hisoblanadi. Aynan shu vaqtda organizm birinchi taomni qabul qilishga tayyor bo‘ladi, och qolganda esa energiya tejash maqsadida metabolizm sekinlashadi.

