Layfstayl

Maykl Jekson rolini ijro etgan Ja’far Jekson Uill Smit bilan yangi filmda suratga tushadi

Maykl Jeksonning jiyani, pop-qirol haqidagi “Maykl” biografik filmida uning rolini ijro etgan Ja’far Jekson Uill Smit bilan birga yangi Gollivud trillerida suratga tushadi. Bu haqda “Kino mail.ru” nashri ma’lum qildi.

“Supermaks” deb nomlangan ushbu kinoloyihani Amazon MGM Studios va Miramax studiyalari birgalikda suratga olmoqda. Filmda Ja’far Jekson bilan birga mashhur aktyor Uill Smit va aktrisa Anna-Sofiya Robb ham ishtirok etadi. Kartinaga Devid Gordon Grin rejissyorlik qiladi.

Film syujeti qattiq tartibli qamoqxonada sodir bo‘lgan sirli qotillik atrofida kechadi. Uni ikki federal tergov byurosi agenti fosh etishi kerak bo‘ladi. Ja’far Jeksonga qaysi rol berilgani hozircha oshkor etilmagan, biroq uning qahramoni voqealar rivojida asosiy personajlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

“Supermaks” filmi Ja’far Jekson uchun “Maykl” kartinasidan keyingi ilk yirik loyiha bo‘ladi. Yangi triller Prime Video striming platformasi orqali tomoshabinlarga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

thrillerfilmja'far jacksonwill smithsupermaxamazon mgm studiosmiramaxprime video