Iqtisodiyot

Markaziy Osiyoda eng qimmat benzin O‘zbekistonda sotilmoqda

Markaziy Osiyoda eng yuqori benzin narxi O‘zbekistonda belgilandi. Bu haqda yonilg‘i narxlarini tahlil qiluvchi GlobalPetrolPrices portali xabar berdi.

2023-yil 13-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 litr Ai-95 benzini o‘rtacha 1,340 dollar narxda sotilmoqda. Ushbu narx, litri uchun 1,47 dollar bo‘lgan global o‘rtacha narxdan past bo‘lsa-da, MDH va boshqa mintaqa davlatlariga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi.

Taqqoslash maqsadida, Turkmanistonda bir litr benzin atigi 0,43 dollar, Ozarbayjonda 0,676 dollar, Qozog‘istonda 0,687 dollar, Rossiyada 0,924 dollar, Belarusda 0,936 dollar, Qirg‘izistonda 1,016 dollar, Afg‘onistonda esa 1,168 dollar narxda sotilmoqda.

Dunyodagi eng arzon yonilg‘i esa Livan (0,023 dollar), Eron (0,029 dollar) va Venesuelada (0,035 dollar) qayd etilgan. Benzin narxi eng yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Gonkong (4,062 dollar), Malavi, Daniya, Isroil, Niderlandiya, Finlyandiya, Germaniya, Lixtenshteyn, Singapur va Shveysariya (2,265 dollar) mavjud.

Mavzuga doir:

Rossiyada yonilg‘i inqirozi: Markaziy Osiyo davlatlari qanday choralar ko‘rmoqda?

Qirg‘izistonda yonilg‘i eksporti to‘liq taqiqlandi.

Qirg‘iziston yonilg‘i bo‘yicha O‘zbekistondan yordam so‘radi.

eksport taqiqlaribenzin narxio‘zbekistonmarkaziy osiyoyonilg‘iglobalpetrolpricestaqqoslashiqtisodiyot