Kuchli issiq tufayli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik pasayishi mumkin.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ yo‘lovchilarni respublikada kutilayotgan anomal issiq havo munosabati bilan ogohlantirdi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yuqori harorat tufayli ayrim yo‘lovchi vagonlaridagi sovitish tizimlari vaqtincha kamroq samara bilan ishlashi mumkin..

Kuchli issiq sababli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik darajasi pasayishi mumkin. «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ yo‘lovchilarni respublikada kutilayotgan anomal issiq havo haqida ogohlantirdi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori harorat tufayli ayrim yo‘lovchi vagonlaridagi sovitish tizimlari vaqtincha kamroq samarali bo‘lishi mumkin.
Sinoptiklarning prognoziga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekiston hududida havo harorati yanada ko‘tarilib, kunduzi +41…+44 darajagacha yetishi kutilmoqda.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning ta’kidlashicha, bunday yuqori harorat sharoitida vagonlarning metall konstruksiyalari va tashqi qoplamasi kuchli qiziydi. Bu esa sovitish tizimlarining samaradorligini vaqtincha pasayishiga olib kelishi mumkin.
Shu sababli ayrim yo‘lovchi vagonlarida belgilangan haroratni bir maromda saqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.
Kompaniya yuqori havo harorati sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘rab, tushunish va sabr-toqat uchun minnatdorlik bildirdi.

