“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i yangi savdo nuqtalarini ochishni boshladi
Yil oxirigacha 'Korzinka' supermarketlar tarmog‘i barcha hududlarda yangi do‘konlar ochishni rejalashtirmoqda. Ularning birinchisi Tashkent City'da joylashgan filial bo‘ladi.

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i yangi savdo nuqtalarini ochishga kirishdi.
O‘zbekistondagi eng yirik supermarketlar tarmog‘i bo‘lgan "Korzinka" o‘zining yangi do‘konlarini ochish jarayonini boshladi. Kompaniya 2029-yil oxirigacha do‘konlar sonini 1000 taga yetkazishni rejalashtirgan bo‘lib, bu raqamga "Korzinka" supermarketlari va "Korzinka Mahalla" formatidagi do‘konlar kiradi. Ushbu kengayish faqatgina an'anaviy do‘konlar bilan cheklanib qolmaydi; viloyatlarda "Korzinka Go" xizmati ham o‘z qamrovini kengaytiradi, Toshkentda esa yangi "Korzinka Go" darkstorlari ishga tushiriladi. Bu kompaniyaning rivojlanish strategiyasining bir qismi bo‘lib, har bir xaridorga yanada yaqinroq bo‘lish, sifatli mahsulotlar va kundalik ehtiyoj tovarlarini xarid qilishni imkon qadar qulaylashtirishga qaratilgan.
Yangi do‘konlarning ishga tushirilishi orqali "Korzinka" nafaqat o‘zining faoliyat geografiyasini kengaytiradi, balki mintaqaviy iqtisodiyotga ham sezilarli hissa qo‘shadi. Bu chakana savdoda sifat talablarining oshishiga, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga va infratuzilmaning mustahkamlanishiga olib keladi. Shu bilan birga, kompaniya mahsulotlarning yangiligi va yaroqliligi, assortimentning xilma-xilligi va jozibador narxlarga alohida e’tibor qaratib, doimo yuqori ichki standartlarga rioya qiladi.
"Korzinka" tarmog‘ini rivojlantirish va ko‘chmas mulkni boshqarish departamenti direktori Temur Islomovning ta’kidlashicha: "Mehmonlarimiz har kuni eng yaxshi mahsulotlarni tanlab, o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilishi uchun "Korzinka" astoydil ter to‘kmoqda. Biz uchun sifatli mahsulotlar assortimentidan tortib, qulay xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan har bir bosqichda qulaylik yaratish g‘oyatda muhim hisoblanadi, shundagina xaridlar sizni quvontiradi va kundalik tashvishlar yengillashadi. Bu hali boshlanishi: yaqin kelajakda biz har bir kishiga yanada yaqinroq bo‘lish uchun tarmoqni sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz."
"Korzinka"ning uzoq muddatli strategiyasi – har bir hudud aholisi uchun xaridorlarga g‘amxo‘rlik qiladigan, ularning ishonchini qadrlaydigan va yuqori darajada xizmat ko‘rsatadigan qulay va zamonaviy supermarketni tanlash imkoniyatini taqdim etishdir.
Yangi do‘konlarning ochilishi nafaqat mijozlar ehtiyojlarini qondiradi, balki hududlarning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlab, butun O‘zbekistonni birlashtiruvchi birinchilardan bo‘lib va eng yirik supermarketlar tarmog‘i biri bo‘lib qolishda muhim o‘rin tutadi.
"Korzinka" – O‘zbekistondagi chakana savdo eksperti. Kompaniya 1996-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda tarmoq mamlakatning 12 ta hududida 150 dan ziyod savdo nuqtasini birlashtiradi: "Korzinka" supermarketlari, "uy oldida" formatidagi "Korzinka Mahalla" va "Smart" do‘konlari, "Korzinka Biznes" ulgurji savdo do‘koni, shuningdek, uchta darkstorga ega "Korzinka Go" onlayn-supermarketi.
Reklama huquqlari asosida.

