Boshqa

Kampirobod havzasida 14 turdagi baliq aniqlandi

Olimlarning ma’lumot berishicha, aniqlangan 14 tur ro‘yxatiga Kampirobod suv omborida keng tarqalgan oddiy sazan, oq do‘ngpeshona va qilichbaliq kiritilmagan.

Kampirobod havzasida 14 xil baliq turi topildi.

Farg‘ona va O‘sh davlat universitetlarining olimlari Kampirobod havzasida birgalikda ixtiologik ekspeditsiya o‘tkazdilar. Olti kunlik tadqiqot davomida mutaxassislar 14 turdagi baliqni aniqladilar.

Tadqiqotlar Kampirobod suv omboriga quyiladigan Qurshob, Qoradaryo, Yassi, Zerger va Keldyuk daryolarining quyi oqimlarida olib borildi.

Mutaxassislar topilgan ikki turdagi baliqdan molekulyar-genetik tahlil o‘tkazish uchun namunalar yig‘ib oldilar. Qo‘shimcha tadqiqotlar laboratoriya sharoitida davom ettiriladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, aniqlangan 14 tur ro‘yxatiga Kampirobod suv omborida keng tarqalgan oddiy sazan, oq do‘ngpeshona va qilichbaliq kiritilmagan.

Tadqiqot yakunlari bo‘yicha universitetlar ixtiologiya va bioxilma-xillikni o‘rganish sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

fish speciesscientific expeditionmolecular-genetic analysisuniversity collaborationuzbekistanbiodiversityichthyologykampirobod basin