Layfstayl

Jaziramada nima sababdan uyqu yaxshi bo‘lmaydii va uni qanday tiklash mumkin? Kardiolog javob beradi

Jaziramada uyqu buzilishining sabablari va uni tiklash yo‘llari: Kardiolog tavsiyalari

Yozning issiq tunlari ko‘pchilik uchun oromni azobga aylantirishi mumkin: odamlar to‘shakda u yoqdan bu yoqqa ag‘dariladi, choyshab tanaga yopishadi, ammo uyqu kelmaydi. Rossiyalik kardiolog Anna Korenevich jazirama paytida uyqusizlikka qarshi kurashish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.

Ko‘pchilik jazirama tufayli me’yorida uxlash imkonsiz deb hisoblaydi. Biroq, Korenevichning ta’kidlashicha, jaziramaning o‘zi uyqusizlikka bevosita sabab bo‘lmaydi.

Muammoning asosiy ildizi ko‘pincha insonning ichki holatiga borib taqaladi. Uzoq muddatli stress va doimiy ruhiy zo‘riqish asta-sekin bo‘shashish qobiliyatini yo‘qqa chiqaradi. Dam olish mexanizmi ishdan chiqqach, uyqusizlik paydo bo‘ladi, deydi Anna Korenevich.

Kardiologning so‘zlariga ko‘ra, ba’zan uyqu buzilishi jazirama kunlarining boshlanishiga to‘g‘ri kelishi mumkin, ammo bu shunchaki tasodif. Asl sabab doim tashqarida emas, balki ichkarida bo‘ladi.

Buni tekshirish oson: agar uyquga obyektiv xalaqit beradigan quyidagi omillarni bartaraf etsangiz, vaziyat yaxshilanishi kerak:

1. **Qulay sharoit yaratish:** Qorong‘i va imkon qadar salqin xonada uxlang.

2. **Shovqinni kamaytirish:** Sukunat tezroq uyquga ketishga yordam beradi.

3. **Uyqu oldidan muloqotni cheklash:** Hissiyotli suhbatlar asab tizimini qo‘zg‘atishi mumkin.

4. **Qulay o‘rin:** Yaxshi ortopedik matras, qulay yostiqlar va tabiiy matodan tikilgan choyshablar dam olish sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

5. **Ekranlardan voz kechish:** Uxlashdan bir soat oldin televizor, smartfon va kompyuter nuri uyqu gormoni — melatonin ishlab chiqarilishini bostiradi.

6. **Tunda ko‘p ovqat yemaslik:** Og‘ir taom organizmning dam olish holatiga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.

7. **Tinchlantiruvchi mashg‘ulotlar:** Kechki odatlaringizga toza havoda sayr qilish yoki yengil bo‘shashtiruvchi amaliyotlarni qo‘shing.

Anna Korenevichning tushuntirishicha, agar barcha qoidalarga rioya qilinganda ham uyqu yaxshilanmasa, demak, muammo jazirama, magnit bo‘ronlari yoki qon bosimining o‘zgarishida emas, balki chuqur psixologik sababda bo‘lishi mumkin:

"Ko‘pincha muammo ildizi bir vaqtning o‘zida o‘nlab vazifalarni miyada ushlab turishga urinishimizdadir. Shu sababli zo‘riqish to‘planib boradi, natijada chalg‘ish va chinakamiga dam olish imkonsiz bo‘lib qoladi. Ammo ichki zo‘riqishni yengish mumkin. Zamonaviy psixoterapevtik usullar bo‘shashish qobiliyatini qayta tiklashga yordam beradi, shunda deraza ortidagi ob-havodan qat’i nazar, sifatli uyqu odatiy holga aylanadi," — deydi kardiolog.

uyqusizlikjaziramada uyquuyquni yaxshilashstress va uyqukardiolog maslahatiuyqu gigiyenasipsixologik sabablarmelatonin