Sport

Javohir Sindorov ilk bor FIDE Circuit reytingi yetakchisiga aylandi

Nodirbek Abdusattorov — ikkinchi o‘rinda

Javohir Sindorov birinchi marta FIDE Circuit reytingida yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov o‘z faoliyatida ilk bor FIDE Circuit 2026/2027 mavsumining umumiy reytingida birinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Bu haqda FIDE rasmiy veb-sayti ma’lum qildi.

Javohir Sindorov hozirda 75,28 ochko bilan jahon reytingida peshqadamlik qilmoqda. U AQShning Sharlott shahrida bo‘lib o‘tgan Naroditsky Memorial turniridagi ikkita g‘alabasi tufayli yana bir hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovni (65,64) ortda qoldirdi. Uchinchi o‘rinni amerikalik Fabiano Karuana (54,58) egallab turibdi.

FIDE Circuit 2026/2027 reytingidagi kuchli o‘nlik quyidagicha:

Ayollar reytingida esa hamyurtimiz Afro‘za Hamdamova 8-o‘rinni egallab turibdi.

reytingnodirbek abdusattorovshaxmatjavohir sindorovfide circuitgrossmeysterafro‘za hamdamovanaroditsky memorial