Siyosat

Japarov Mirziyoyevni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan yirik xalqaro tadbirlarga taklif qildi

Sadir Japarov O‘zbekiston prezidentiga sermahsul davlat tashrifi, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari va ikki mamlakatning mustahkam do‘stligi rivojlanishiga shaxsan e’tibor qaratayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Japarov Mirziyoyevni Qirg‘izistondagi muhim xalqaro anjumanlarga taklif etdi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Qirg‘izistonda o‘tkaziladigan yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etish taklifini bildirdi. Bu haqda u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Japarov shunday dedi: "Muhtaram Shavkat Miromonovichni Oltinchi butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari, joriy yilda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti hamda 2027 yilda o‘tkaziladigan ikkinchi "Bishkek+25" tog‘ sammitida ishtirok etishga taklif qildim".

Qirg‘iziston Prezidenti muzokaralar natijalaridan mamnunligini ta’kidlab, O‘zbekiston rahbariga sermahsul davlat tashrifi, shuningdek, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari va ikki mamlakat o‘rtasidagi mustahkam do‘stlikni rivojlantirishga shaxsan e’tibor qaratayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining ushbu davlat tashrifi natijalari O‘zbekiston va Qirg‘izistonning farovonligi, tinchlik, barqarorlik va o‘zaro ishonchning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

uzbekistanmirziyoyevkyrgyzstanbishkekinternational eventssco summitjaparovnomad games