Siyosat

Bishkekda O‘zbekiston–Qirg‘iziston sammiti bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyul – 1 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi. Tashrif doirasida ikki mamlakat rahbarlari strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muzokaralar o‘tkazib, qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolashi kutilmoqda.

Bishkekda O‘zbekiston–Qirg‘iziston sammiti bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 30-iyuldan 1-avgustgacha davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi.

Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish yuzasidan fikr almashadilar.

Shuningdek, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Sammit yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarboyjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi hamda boshqa rasmiy tadbirlarda ham ishtirok etadi.

uzbekistanshavkat mirziyoyevbilateral relationscooperationtradekyrgyzstanregional issuessummit