Iyul: avvali salqin, davomi jazirama
Avgustning birinchi haftasi qishloq xo‘jaligi uchun nisbatan qulay harorat sharoiti bilan boshlanadi. Biroq keyin yana issiqlik keladi, kuchli shamollar va tog‘li hududlardagi qisqa muddatli yog‘inlar agrotexnik tadbirlarni havo sharoitiga moslashtirishni talab qiladi.

Iyul: boshlanishi salqin, davomi jazirama
Hafta boshida kuzatiladigan 31-36 darajali moʻtadil harorat gʻoʻza, sabzavot va bogʻdorchilik ekinlarini parvarishlash ishlarini samarali tashkil etish uchun qulay sharoit yaratadi. Hafta oʻrtalarida ayrim hududlarda kuchli shamollar tuproq namligining tez yoʻqolishiga va yosh oʻsimliklarga mexanik taʼsir koʻrsatishiga olib kelishi mumkin. Togʻli hududlarda kutilayotgan jala yogʻinlari mahalliy sel oqimlari xavfini oshirishi ehtimoli bor.
Dam olish kunlariga kelib +40…+42 darajali jazirama issiqlikning qaytishi sugʻorishga boʻlgan ehtiyojni yana oshiradi. Shu sababli, sugʻorish ishlarini ertalab yoki kechqurun amalga oshirish, shamolli kunlarda kimyoviy ishlovlarni cheklash hamda bogʻ va poliz ekinlarida namlikni saqlash choralarini kuchaytirish maqsadga muvofiq boʻladi.

