Instagram: “Ummon”ni tanqid qilgan Yulduz Usmonova, O‘zbekistonga kelgan Maksim, Durdona Qurbonovaning qiyofadoshi topildi

Instagram: Yulduz Usmonova "Ummon"ni tanqid qildi, Maksim O‘zbekistonga keldi, Durdona Qurbonovaning o‘xshashi topildi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalarida joylashtirilgan qiziqarli foto va videolar bilan tanishing.
Aktrisa Fotima Rejametova o‘g‘li va kelini bilan birga Turkiyaning diqqatga sazovor joylarida maroqli vaqt o‘tkazmoqda.
Hind kinosi yulduzi Priti Zinta yangi filmining targ‘iboti munosabati bilan o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan Mohali shahriga qaytdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Durdona Qurbonovaning o‘xshashi aks etgan video tarqaldi. Aktrisaga o‘xshatilayotgan xorijlik qiz O‘zbekistonda egizagi borligidan bexabar ekanini ma’lum qildi.
Xonanda Rayhon hamkasbi va yaqin dugonasi Sug‘diyonani do‘stliklarining 26 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Rayhonning ta’kidlashicha, masofalar uzoqligi, har birining o‘z hayoti va kundalik yumushlari borligi ularning qadrdonligiga hech qachon to‘sqinlik qilmagan.
Rossiyalik taniqli xonanda Maksim Xorazm viloyatida o‘tkazilgan an’anaviy Qovun sayli xalqaro festivalining ikkinchi kunida maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi.
Aktrisa Jamila G‘ofurova yangi film suratga olish jarayonlaridan olingan qiziqarli suratlarni kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Taniqli aktrisa va bloger Nigina Jabborova o‘z sahifasida Dubay sayohatidan olgan unutilmas taassurotlari bilan bo‘lishdi.
O‘zbekiston xalq artisti Ra’no Yarasheva xonanda Rayhonning ko‘plab xit qo‘shiqlari muallifidir. Xonanda bu haqda o‘zining storisida aktrisaning ijodiy faoliyati va o‘zaro hamkorliklari munosabati bilan eslab o‘tdi.
Xonanda Yulduz Usmonova chiptalar savdosi pastligi sabab Buxorodagi konsertini bekor qilgan "Ummon" guruhini keskin tanqid qildi. San’atkorning tomoshabin oldidagi mas’uliyati haqida gapirgan xonanda guruh a’zolariga qarata: "Ozmi-ko‘pmi odam vaqtini sening konsertingga ajratib kelibdi, pulni keyin hal qilasan, konsertni bekor qilib ketishga haqqing yo‘q", deya munosabat bildirdi.

