Layfstayl

Instagram: Saida Rametova xonadonida og‘ir judolik, juma kuni bepul xizmat qiladigan xonanda, Ruxshona sevgan insoni bilan qanday tanishgan?

Instagram: Saida Rametovaning oilasidagi og‘ir yo‘qotish, har oyning juma kunlari bepul xizmat ko‘rsatadigan xonanda, Ruxshonaning turmush o‘rtog‘i bilan tanishuv tarixi.

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalarida e’lon qilingan qiziqarli foto va videolarini taqdim etamiz.

Xonanda Sevinch Ismoilova o‘z sahifasiga sun’iy intellekt yordamida ishlangan suratlarini joylashtirdi. U ushbu suratlar ostida ba’zi insonlar nigohi, boshqalari esa gap-so‘zlari bilan hayotda iz qoldirishi haqida fikr bildirdi.

Xonanda Manzura bo‘sh vaqtini yaqinlari davrasida mazmunli o‘tkazmoqda.

Xonanda Dilafruz Hayitmetova har oyning ikkinchi juma kuni kam ta’minlangan oilalarning to‘ylarida bepul xizmat ko‘rsatishini va shu kuni boshqa barcha pullik takliflardan voz kechishini ma’lum qildi.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Xonanda Ali Otajonov o‘z storisiga oilasi bilan tushgan fotosuratini eng sevimli surati sifatida joyladi.

O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametovaning oilasida qayg‘uli yo‘qotish. Aktrisaning onasi Zahroxon Soliyeva 90 yoshida vafot etdi.

Aktrisa Durdona Qurbonova bolalikdagi arxiv suratlarini o‘z kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.

Xonanda va aktrisa Ruxshona ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida aktyor Sardor Saidov bilan qanday tanishgani haqida hikoya qildi. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, ular yoshlikdan bir mahallada yashab, bir maktabda o‘qiganlar.

instagramuzbek celebritiessaida rametovaruxshonasevinch ismoilovadilafruz hayitmetovamanzuramuqaddas sa’dullayeva