Mahalliy

Imtiyozli kredit uchun salkam yarim mln dollar talab qilganlar ushlandi

Ular fuqaroning ishonchiga kirib, 3,5 mln AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratib berishlarini aytishadi.

Imtiyozli kredit evaziga qariyb yarim million dollar so‘ragan shaxslar qo‘lga olindi.

3,5 million dollarlik kredit uchun 420 ming dollar talab qilganlar ushlandi.

Toshkent shahrida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kredit ajratish bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlandi.

Xususan, xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Olmazor filiali bank xizmatlari markazi yuristi va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs til biriktirib, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirgan. Ular fuqaroga uning nomiga 3,5 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratib berishlarini va’da qilishgan.

Ular o‘zlarining "xolis" xizmatlari evaziga kredit summasining 12 foizini, ya’ni 420 ming AQSh dollarini talab qilishgan. Oldindan 50 ming dollar olayotgan vaqtlarida ular ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

toshkentkorrupsiyadxximtiyozli kreditkredit firibgarligibank jinoyatiiqtisodiy jinoyatlarpul talab qilish