Hindiston prezidenti O‘zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Hindiston prezidenti Draupadi Murmu Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi. Tomonlar hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi.

Hindiston Prezidenti O‘zbekiston TIV rahbarini qabul qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-avgust kuni Nyu-Dehlida Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri xabariga ko‘ra, uchrashuv avvalida Hindiston rahbariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklari yetkazildi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar siyosiy muloqotni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Baxtiyor Saidov samimiy qabul uchun Hindiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston va Hindiston tashqi siyosat idoralari ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lida qo‘shma ishlarni izchil davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.

