Siyosat

Baxtiyor Saidov Qozog‘iston elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi

Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi elchisi Yerali Tug‘janovning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Baxtiyor Saidov Qozog‘iston elchisining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 27-iyul kuni Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tug‘janovning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida Baxtiyor Saidov O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining yuksak darajasini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, ikki davlat yetakchilarining o‘zaro ishonchga asoslangan muloqoti va siyosiy irodasi tufayli ikki tomonlama aloqalar barcha sohalarda jadal rivojlanmoqda.

Muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, sanoat kooperatsiyasi va mintaqalararo aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Transport va logistika sohalaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Baxtiyor Saidov Yerali Tug‘janovga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

uzbekistanbilateral cooperationkazakhstancredentialstradelogisticsdiplomacyambassador