Baxtiyor Saidov Finlyandiyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Baxtiyor Saidov Finlyandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Yoxanna Mariya Ogrenning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Baxtiyor Saidov Finlyandiyaning yangi elchisi Yoxanna Mariya Ogrenning ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 7-iyul kuni Finlyandiyaning O‘zbekistondagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yoxanna Mariya Ogrenning ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi aloqalar so‘nggi yillarda sezilarli darajada jonlanganligi ta’kidlandi.
Ikki tomon savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, mamlakatlar ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.
Baxtiyor Saidov Yoxanna Mariya Ogrenga diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, uning O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

