Dunyo

Gretsiyada 24 yoshli qozog‘istonlik 125 yilga hukm qilindi

Gretsiyada 24 yoshli qozog‘istonlik yigit 125 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Oqtobelik Nurxon Qodirova Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligidan ikki yilga yaqin vaqtdan beri Gretsiya qamoqxonasida saqlanayotgan o‘g‘li Rashid Qodirovning ishi bo‘yicha yordam so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 24 yoshli Rashid Turkiyada ishlamoqchi bo‘lgan, ammo noma’lum muddatga qamalib qolgan. Ayol o‘g‘lini jinoiy sxemaning qurboni deb hisoblamoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Rashid Qodirov Instagram’da Turkiyada ishlash haqidagi e’longa javob bergan. E’londa turistlar uchun motorli qayiqda sayr tashkil etish va’da qilingan edi. Buning o‘rniga yosh yigit noqonuniy muhojirlarni tashishda ayblangan.

Onasi Nurxon Qodirovaning aytishicha, tergov jarayonida tarjimon bo‘lmagan va o‘g‘li jazoni oshirish tahdidi ostida hujjatlarga imzo chekishga majbur bo‘lgan. Sud, shuningdek, bir milliard tengega teng miqdorda jarima ham tayinlagan. Ayol Rashid ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlarni yollash sxemasining qurboni bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi “Zakon.kz” muxbiriga fuqaroning mahalliy qonunchilikning og‘ir moddasi bo‘yicha sudlanganini tasdiqladi. Diplomatlar qozog‘istonlikka konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda va bu masala idora nazoratida turibdi. Avvalroq Germaniyada Rossiya razvedkasiga ishlagan qozog‘istonlik qo‘lga olingan edi.

greececourt sentenceforced confessionconsular assistanceillegal migrationhuman traffickingsocial media scamkazakhstan