Gazeta 18 yoshga to‘lmoqda: o‘quvchilarimizdan nashr bilan bog‘liq hikoyalarini yuborishni so‘raymiz
11-avgust kuni Gazeta 18 yoshga to‘ladi. Shu munosabat bilan biz o‘z o‘quvchilarimizga murojaat qilib, nashr ular uchun nimani anglatishi va hikoyalarini @GazetauzMuloqotBot Telegram botiga yo‘llashni so‘raymiz. Tabriklarning bir qismi e’lon qilinadi.

Gazeta 18 yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘quvchilardan nashr bilan bog‘liq xotiralarini yuborish so‘ralmoqda.
Hurmatli o‘quvchilar, 11-avgust kuni Gazeta o‘zining 18 yillik yubileyini nishonlaydi.
Shu yillar davomida biz "Yangiliklarimiz xalq uchun" shioriga sodiq qolgan holda minglab xabarlar, reportajlar, intervyular va tahliliy maqolalar chop etdik. Ba'zi maqolalarimiz muhim muammolarga e'tibor qaratishga va shahar hamda mamlakat hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shganidan faxrlanamiz.
Tahririyat jamoasi sizning qo‘llab-quvvatlashingizsiz bu yutuqlarga erishish imkonsiz bo‘lishini yaxshi anglaydi. Shu sababli, bugun so‘z navbatini sizga bermoqchimiz.
Gazeta siz uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini bizga aytib bering.
Balki sizga biror mavzuni tushunishga yordam bergan yoki sizni befarq qoldirmagan biror maqola yodingizdadir. Yoki matnlarini intiqib kutadigan va birinchilardan bo‘lib o‘qiydigan sevimli muallifingiz bormi?
@GazetauzMuloqotBot Telegram botimizga yozib, Gazeta bilan bog‘liq hikoyangizni biz bilan baham ko‘ring. Bu bizning 18 yoshimiz uchun eng qimmatli sovg‘a bo‘ladi.
Tabriklarning bir qismi nashr etiladi.

